Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “O‘zbekiston diplomatiyasi tarixi” kitobini taqdimoti bo‘lib o‘tdi

17:13 30 Yanvar 2025 Jamiyat
786 0

Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»

Joriy yilning 30-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “O‘zbekiston diplomatiyasi tarixi” (qadim zamonlardan to hozirgi kungacha) nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senatorlar, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati, mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus rahbarlari, yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar va ekspertlar, OAV vakillari va boshqalar ishtirok etdilar.

Tadbirni ochib bergan Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, universitet rektori Sodiq Safoyev ushbu nashrning ahamiyatini ta’kidlab, uni mamlakat ilmiy va siyosiy hayotida noyob voqea deb atadi.

“O‘zbekiston diplomatiyasi tarixi” kitobining yaratilishi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan amalga oshganligini, bu borada mustaqillik yillaridagi O‘zbekiston diplomatiyasining chuqur tarixi va rivojlanish jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot o‘tkazish zarurligini ko‘rsatganligini ta’kidladi.

S.Safoyev yaqin va qadimiy tarix saboqlaridan kelib chiqib, yangilangan oʻzbek diplomatiyasi qoʻshni davlatlar, jumladan, Afgʻoniston bilan munosabatlarni ustuvor yoʻnalishlardan biri deb bilishini taʼkidladi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy tashqi siyosat doktrinasi Markaziy Osiyoni taqdiri mushtarak mintaqa sifatida qabul qilish, mavjud muammolarni birgalikdagi saʼy-harakatlar, oʻzaro manfaatlarni hisobga olgan holda hal etish, shuningdek, muloqot va murosaga tayyor turishga asoslanadi. , – dedi S.Safoyev.

Ma’ruzalar davomida qayd etilishicha, ushbu keng qamrovli kitob mamlakatning yetakchi olimlari – tarixchilar, siyosatshunoslar, sharqshunoslar, etnograflar, madaniyatshunoslar va boshqa ilmiy soha vakillarining mehnati natijasi bo‘lgan. Mazkur nashrga diplomatik xizmat faxriylari hamda amaldagi o‘zbek diplomatlari hissa qo‘shganlar.

Mualliflar jamoasi a’zolari kitob konsepsiyasini shakllantirish, arxiv materiallarini yig‘ish jarayoni, noyob tarixiy hujjatlar ustida ishlash va mustaqillikning ilk kunlaridan bugungi kungacha O‘zbekiston diplomatiya maktabining rivojlanishini tahlil qilish haqida so‘zlab berdilar.

Taqdimot ishtirokchilarining fikriga ko‘ra, ehtiyotkorlik bilan tanlangan va o‘rganilgan tarixiy manbalar o‘zbek diplomatiyasining shakllanishining asosiy bosqichlarini, milliy tarix va ko‘p asrlik an’analarga hamda zamonaviy davlat qurilishi tendensiyalariga chambarchas bog‘liq ravishda rivojlanishini yoritadi.

Nashrda Markaziy Osiyoning dunyo madaniy-tarixiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlarida alohida rolini ko‘rsatadigan boy tarixiy va noyob hujjatlar keltirilgan.

Tadbir yakunida ishtirokchilar keng hajmdagi materiallar, zamonaviy o‘zbek diplomatiyasining rivojlanishidagi yangi jarayonn inobatga olgan holda, bu yo‘nalishdagi tadqiqot ishlarini davom ettirish, shuningdek, “O‘zbekiston diplomatiyasi tarixi” kitobining yangi, to‘ldirilgan nashrlarini chop etish zarurligini alohida ta’kidladilar.

Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер