“Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi

15:07 25 Yanvar 2025 Jamiyat
1284 0

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

“Xalq soʻzi” va “Народное слово” gazetalari tahririyati tomonidan 2024-yil boshida eʼlon qilingan “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Tanlov shartlarida gʻoliblarni yil yakuni boʻyicha aniqlash hamda ularni munosib taqdirlash koʻzda tutilganligini inobat olib, hakamlar hayʼati tomonidan “Xalq soʻzi” va “Народное слово” gazetalarida bugungi kungacha chop etilgan ijodiy materiallar koʻrib chiqildi va ular orasidan mamlakatimizda turli sohalarda olib borilayotgan islohotlarga oid tahliliy, tanqidiy, qiziqarli, taʼsirchan, samimiy va sodda tilda aks ettirilgan eng yaxshi maqolalar saralab olindi.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

“Xalq soʻzi” gazetasi boʻyicha gʻoliblar:

1. Xalqaro Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod MUSTAFOQULOV — “Sehrli diyor”dagi unutilmas muloqotlar” sarlavhali maqolasi uchun (2024-yil, 6-yanvar);

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Joldasbay NURULLAYEV — “Xalqimiz ardogʻidagi Navroʻz” sarlavhali maqolasi uchun (2024-yil, 13-mart);

3. Qoʻqon universiteti direktori, dotsent Gʻafurjon ZOHIDOV — “Dunyo ilm-fani uchun integratsiya kelajak universitetlari tizimini yaratishning muhim omili” sarlavhali maqolasi uchun (2024-yil, 1-avgust).

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

“Народное слово” gazetasi boʻyicha gʻoliblar:

1. Navoiy davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Muxiddin KALONOV — “Теневая экономика: существенное препятствие на пути развития страны” sarlavhali maqolasi uchun (2024-yil 26-iyun);

2. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta oʻqituvchisi Surayyo XAMRAXODJAYEVA — “Источник вдохновения, мудрости, надежды” sarlavhali maqolasi uchun (2024-yil 1-iyun);

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

3. Sanʼatshunos, Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi aʼzosi Guarik BAGDASAROVA — teatr, tasviriy va musiqiy sanʼat rivoji toʻgʻrisidagi turkum maqolalari uchun.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер