Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
Tinchlik kelishuvining birinchi kunida HAMAS Gʻazoda saqlanayotgan 3 nafar isroillik asirni ozod qilganidan soʻng, falastinlik oilalar Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan 90 nafar falastinlikni ozod qilinishini sabrsizlik bilan kutgan edi, deb xabar bermoqda “Aljazeera” nashri.
Maʼlum qilinishicha, Isroil qamoqxonasidan ozod qilingan 90 nafar falastinlik ayollar va bolalar Gʻarbiy Sohildagi Beytuniya shahriga olib borilgan. Isroil ushbu mahbuslarni turli jinoyatlar, jumladan, qotillikka urinishda ayblab hibsda saqlab kelgan.
Maʼlumki, sulhning birinchi bosqichida HAMAS tomonidan garovga olingan 33 kishi bosqichma-bosqich ozod qilinishi va Isroildagi yuzlab falastinlik mahbuslar vataniga qaytarilishi shart etib belgilangan. Hibsda saqlanayotganlar orasida ayollar, bolalar, qariyalar hamda yaradorlar ham bor, deyiladi xabarda.
Shuningdek, oʻt ochishni toʻxtatishning birinchi bosqichi doirasida har kuni Gʻazoga kirishi vaʼda qilingan 600 ta yordam yuk mashinasining mamlakatga xavfsiz kirib kelishi ham taʼminlanishi kerak boʻladi. Hozirda ushu yordam mashinalarining dastlabkisi manzilga hech qanday muammosiz yetib borgan.
Eslatib oʻtamiz, Isroilning Gʻazoga qarshi urushi 2023-yil 7-oktyabr kuni boshlangan edi. Shu vaqtgacha urush tufayli vafot etgan falastinliklar soni 47 mingga yaqinlashgan. 110 mingga yaqin falastinliklar esa turli darajada jarohatlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring