NYT: Eronga qarshi harbiy operatsiyaning birinchi haftasi AQSHga 6 milliard dollarga tushdi

16:26 09 Mart 2026 Dunyo
70 0

Eronga qarshi boshlangan harbiy kampaniyaning birinchi haftasi AQSH uchun taxminan 6 milliard dollarga tushdi, deb xabar bermoqda The New York Times.

Nashrning yozishicha, Respublikachilar partiyasi vakillari prezident Donald Tramp maʼmuriyati yaqin orada Kongressdan qoʻshimcha moliyalashtirish soʻrashini bashorat qilishmoqda.

Shu bilan birga, Eron rasmiylari amaldagi tuzum bir qator zarbalardan omon qolishiga, AQSH va Isroil esa vaqt oʻtishi bilan jangovar harakatlarni davom ettirishga boʻlgan qiziqishini yoʻqotishiga ishonch bildirmoqda.

Taʼkidlanishicha, islom respublikasi rahbariyati maxsus strategiyani tanlagan: uning mohiyati harbiy kampaniyani dushman uchun haddan tashqari qimmatga tushadigan darajaga keltirishdan iborat.

Amerikalik qoʻmondonlarning fikricha, yaqin bir necha kun hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Aynan shu vaqt oraligʻida Eron bundan keyin ham sezilarli darajada javob raketa zarbalarini berish qobiliyatini saqlab qola olishi yoki olmasligi maʼlum boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер