Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
2023-yilning avgustidan beri qamoqda saqlanayotgan Pokiston bosh vaziri Imron Xonga sud hukmi oʻqildi. U 14-yil muddatga qamaldi, deb xabar bermoqda “NBS news” nashri.
Maʼlumki, 72 yoshli sobiq bosh vazirga 2018-yildan 2022-yilgacha boʻlgan davrda korrupsiya, koʻchmas mulkni noqonuniy imtiyozlar orqali sotish hamda sovgʻa qilish bilan bogʻliq jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi.
17-yanvar kuni Pokiston sudi sobiq bosh vazir va uning rafiqasiga nisbatan yakuniy sud hukmini oʻqigan. Sud xavfsizlik nuqtayi nazaridan bosh vazir saqlanayotgan mahkama binosida boʻlib oʻtgan.
Maʼlum qilinishicha, 2023-yilda Xonning rafiqasi Bushra Bibi ham korrupsiya, koʻchmas mulkni noqonuniy imtiyozlar orqali sotish hamda sovgʻa qilish bilan gumonlanib hibsga olingan. Keyinchalik u garov evaziga qoʻyib yuborilgan. Ammo sud uni ham yuqoridagi jinoyatlarda aybdor deb topgan hamda 7-yil muddatga ozodlikdan mahrum etgan.
Yuqorida keltirilgan jinoyatlarning asosiy ildizi Imron Xon lavozimida boʻlganida er-xotin tuzgan nodavlat ijtimoiy taʼminot tashkiloti “Al-Qadir Trust”ga borib taqaladi, deyiladi xabarlarda.
“Bu yer shaxsiy manfaat uchun emas, sobiq bosh vazir tashkil etgan maʼnaviy-maʼrifiy muassasa uchun boʻlgan”, — deydi sobiq bosh vazirning “Pokiston Tehrik-e-Insaf” partiyasi vakillari.
Pokiston Huquq vaziri Aʼzam Nazir jurnalistlariga bergan intervyusida, Imron Xonning partiyasi hukm ustidan shikoyat qilish uchun yuqori sudlarga murojaat qilishini va Pokiston prezidentiga rahm-shafqat soʻrab petitsiya ham yuborishini maʼlum qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring