Tugʻruqxonaga ishga kirmoqchi boʻlgan fuqaro 3 ming dollarga chuv tushayozdi

19:52 12 Dekabr 2024 Jamiyat
229 0

Foto: Prokratura departamenti

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Navoiy viloyatida ishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri boʻlimi va IIV xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda fuqaro D.J. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro A.S.ni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Nukus shahridagi tugʻruqxonaga 3,1 ming dollar evaziga ishga kiritib qoʻyishini vaʼda qilib, oldindan pulning 1,6 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Navoiy shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar X.R. va F.T. fuqaro D.X. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni Navoiy shahridagi tibbiyot muassasalariga ishga kiritib qoʻyishlari evaziga 69,5 mln soʻm pul va 700 dollarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер