Nodirbek Yakubboyev hind shaxmatchisidan uzr soʻradi
Oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yakubboyev hindistonlik raqibasi Rameshbabu Vaishali bilan oʻyin oldidan qoʻl berib koʻrishmagani uchun uning oldiga borib uzr soʻradi. Bu haqda sportchi oʻzining “X” tarmogʻidagi sahifasida maʼlum qilgan.
Hindistonlik shaxmatchi sportchimiz oʻzining qarashlari haqida Qatardagi oʻyinlarda ham unga aytganini, vaziyatni toʻgʻri qabul qilgani va Nodirbek oʻzini bu uchun yomon his qilishi shart emasligini bildirdi.
Maʼlumot uchun, Niderlandiyada boʻlib oʻtgan “Tata Steel Challengers” turnirida shaxmatchimiz hindistonlik raqibasi Rameshbabu Vaishali bilan diniy eʼtiqodi sababli qoʻl siqishishdan bosh tortganidan soʻng koʻplab tanqid va muhokamalar ostida qoldi.
Shundan soʻng: “Vayshali bilan oʻyin oldidan yuzaga kelgan holatga izoh bermoqchiman. Men ayollarni va hindistonlik shaxmatchilarni chuqur hurmat qilaman, lekin diniy prinsiplarim tufayli ayollar bilan qoʻl berib koʻrishishdan qochaman. Men Vayshali va uning akasini Hindistonning ajoyib shaxmatchilari sifatida hurmat qilaman. Agar mening xatti-harakatim unda yoki boshqalarda salbiy his-tuygʻularni keltirib chiqargan boʻlsa, uzr soʻrayman”, degandi Nodirbek oʻzining “X” sahifasida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring