Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish yoʻlida bir qator yangi mexanizmlar joriy etiladi.
2025-yilda aholini ish bilan taʼminlash dasturi doirasida 5,2 million aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash rejalashtirilgan. Bu maqsadda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar amalga oshiriladi. Jumladan, Namangan, Toshkent, Xorazm va boshqa viloyatlarda zamonaviy parrandachilik klasterlari tashkil qilinib, ushbu klasterlar doirasida soʻyish korxonalari, muzlatkichli omborxonalar va naslli joʻjalar yetishtirish quvvatlari yaratiladi.
Kambagʻal oila aʼzolarini jalb etish uchun 20 ming gektar yerda oʻrmonlar tashkil etish, dorivor oʻsimliklar yetishtirish va 100 gektar maydonda brussonetiya daraxtini parvarish qilish kabi loyihalar amalga oshiriladi. 2025-yil 1-iyuldan esa “Ekofaol fuqaro” platformasi orqali oʻzi ekilgan daraxtlar haqida maʼlumot kiritgan kambagʻal oila aʼzolariga har 100 daraxt uchun BHMning 1 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.
Qishloq xoʻjaligi va dorivor oʻsimliklarni qayta ishlashga qaratilgan yangi kooperativlar uchun 2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliq 1 foizgacha pasaytiriladi. Shuningdek, kambagʻal oilalarga qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun subsidiya ajratiladi.
Kasbiy koʻnikmalar markazlarida aholini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish tizimi joriy qilinadi. 2025-yil 1-fevraldan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarga va kambagʻal oila aʼzolariga ajratiladigan stipendiyalar tasdiqlandi. Shuningdek, ishsiz aholini oʻqitish xarajatlarini qoplab berish uchun vaucher tizimi Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan oʻtkaziladi.
“Farovon hayotga ilk qadam”, “Ishonch” loyihalari va “Maʼrifat orqali kambagʻallikni qisqartirish” dasturlari doirasida mahallalarda aholining tashabbuskorligini oshirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ushbu qaror aholini ish bilan taʼminlashda yangi imkoniyatlar yaratib, daromadlarni oshirish va kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan mustahkam qadam boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Islam Maxachevga Arman Sarukyan raqiblik qila olmaydi. “UFC 311” oldidan sodir boʻlgan noxush xabarning barcha tafsilotlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring