Farosatida nuqsoni borlarni jazolash orqali jamiyatni oʻzgarishiga hissa qoʻshmoqchimiz — Alisher Qodirov

Alisher Qodirov uni haqorat qilayotganlarni javobgarlikka torttirmoqchi. Deputat 23-yanvar kuni oʻzining Telegram kanalida qoldirgan xabari tufayli keng jamoatchilikning eʼtirozlariga sabab boʻlgan edi.
“Gaz qimmat resurs, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab qorakoʻzlarimizga ish oʻrni yaratish mumkin. Tilla qatori milliardlab kub gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi”, — degan edi “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari.
Alisher Qodirovning bu bayonotiga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari turlicha munosabat bildirishdi. Ularning ayrimlari deputatning shaʼniga turli haqoratlar ham yogʻdirishgan.
Deputat 30-yanvar kuni shaxsiy Telegram kanalida “Haqorat jazolanadi” heshtegi ostida yana bir xabar qoldirdi.
“Intizomsizga marhamat qilib jamiyatda nizomni beqadr qilayotganimizni tushundik. Erkin jamiyat milliy taraqqiyotning oʻzagidir. Erkinlik — farosati borlar uchun imkoniyat, farosati yoʻq notavonlar uchun zahmat olib keladi. Tanqidlarga ochiqmiz, muloqot va muhokama vazifamiz, lekin ommaviy chiqishlarda haqorat ishlatadigan farosatida nuqsonlilarni jazolash orqali jamiyatni oʻzgarishiga hissa qoʻshmoqchimiz”, — deb yozadi deputat.
Eslatib oʻtamiz, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-moddasiga koʻra, haqorat qilish, yaʼni shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha (7,5 million soʻmdan 15 million soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring