Bayonnoma tuzilgan “BYD Song” avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi
30-yanvar kuni Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida yoʻl-transport hodisasi oqibatida 17 yoshli bola vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.
Taʼkidlanishicha, 20 yoshli fuqaro M.Gʻ. amakisiga tegishli “BYD Song EV” avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqargani aniqlanib unga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shundan soʻng YPX inspektori R.Q. mashinani jarima maydonchasiga olib ketayotganida 17 yoshli X.N. ustoziga tegishli “Damas” avtomobilini haydovchilik guvohnomasiz boshqarib, Qapchugʻay mahallasida ikkinchi darajali yoʻldan asosiy yoʻlga chiqib ketishi sababli BYD bilan toʻqnashgan.
Ustozi unga haydovchilik guvohnomasi yoʻqligini bila turib avtomobilini bergan, deyiladi xabarda. YTH oqibatida bola koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etdi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring