Toshkent viloyatidagi hayvonot bogʻida nazoratsiz qolgan sherlar qorovulni oʻldirdi

17:05 17 Dekabr 2024 Jamiyat
966 0

Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan hayvonot bogʻida nazoratsiz qolgan 3 ta sher bogʻ qorovuliga hujum qilib, uni oʻldirdi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Bildirilishicha, holat bugun, 17-dekabr kuni soat taxminan tonggi 05:00 larda sodir boʻlgan. Hayvonot bogʻida saqlanayotgan 3 ta Afrika sheri katak eshigi ochiq qoldirilganidan foydalanib hayvonot bogʻi hududiga chiqib ketgan.

Hovlidagi sherlar shu yerda qorovul boʻlib ishlovchi 44 yoshli F.I. sherlarni katakka qaytarmoqchi boʻlgan, biroq yirtqichlar qorovulga hujum qilgan va uni oʻldirgan. Shundan soʻng, nazoratsiz qolgan hayvonlar F.I.ning tana aʼzolarini yemish sifatida isteʼmol qilgan.

“Mazkur holat hayvonot bogʻi xodimlari tomonidan soat 09:00 larda aniqlanib, 2 ta sher uxlatuvchi dori vositalar qoʻllanilgan holda katakka qaytarilgan, 1 ta sher mahalliy ovchi tomonidan otib oʻldirilgan”, deyiladi prokuratura xabarida.

Shu kuni soat 10:00 da voqea joyiga tuman IIB navbatchilik guruhi, tuman prokurori, tuman prokuraturasi tergovchisi, viloyat ekologiya boshqarmasi xodimlari va IIB maxsus qurollangan jangovar guruhi chiqib, voqea joyi va marhumning jasadi qoldiqlari koʻzdan kechirilgan hamda STE va DNK ekspertizalari tayinlangan.

Shuningdek, parkda mavjud boʻlgan barcha yirtqich hayvonlar sanoqdan oʻtkazilib, ular joy-joyida ekanligi va kataklar mahkamlangan holdaligi aniqlangan.

Hozirda Parkent tuman prokuraturasi, tergov-tezkor guruhi va ekologiya vazirligi hamda “Toshkent hayvonot bogʻi” DM mutaxassislari tomonidan zarur tekshiruv va surishtiruv tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер