Olotda yangi nasos stansiyasi qurilmoqda

17:15 04 Dekabr 2024 Jamiyat
260 0

Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. “Amu – Buxoro” mashina kanali Olot tuman boshqarmasi tasarrufidagi 1-nasos stansiyasi hududida yangi gidroinshoot barpo etilyapti. Bu inshoot Osiyo taraqqiyot banki loyihasi asosida amalga oshirilmoqda.

Yangi nasos stansiyasi Xitoy Xalq Respublikasining “China National Technical import and eksport Corpration” kompaniyasi tomonidan bunyod qilinyapti. Umumiy loyiha qiymati salkam 83 million AQSH dollari boʻlgan obyektda ayni kunlarda 8 ta agregatni oʻrnatish ishlari olib borilyapti. Bu esa nasos stansiyasining umumiy suv chiqarish qobiliyatini 90 metr sekundga yetkazadi. Bugina emas, inshoot zamonaviy uskunalar bilan jihozlanayotgani tufayli elektr energiyasini tejab qolish imkoni ham yuzaga keladi. Shuningdek, hozir voha sugʻorish tizimining boshlangʻich boʻgʻini sanalgan yana bir gidroinshoot — “Amu – Buxoro-2” nasos stansiyasida ham modernizatsiya yumushlari olib borilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida aytish lozimki, “Amu – Buxoro” mashina kanalining birinchi navbati 1965-yilda, ikkinchi navbati esa 1976-yilda qurilgan boʻlib, ular qator texnik koʻrsatgichlar boʻyicha mamlakatimiz irrigatsiyasi tizimida noyob sanaladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер