Milliy gvardiya xizmatchilari yangi uyga koʻchib oʻtdi

10:52 15 Yanvar 2025 Jamiyat
72 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻonada 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilarga yangi uylarga koʻchib oʻtishdi. Milliy gvardiyaning Fargʻona viloyati boshqarmasida faoliyat olib borayotgan 30 nafar xodimga ham Fargʻona shahrida yangi qurib bitkazilgan zamonaviy uylar ipoteka krediti asosida imtiyozli tarzda berildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Milliy gvardiyaning Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi Shavkat Akbarov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Yigʻilganlar yurt posbonlarini qoʻshaloq bayram va shodiyonalar bilan qutlashdi.

Tadbir ishtirokchilari yangi uylarda yaratilgan sharoitlarni koʻzda kechirib, ikki va uch xonali xonadonlardagi muqobil isitish tizimi, issiq va sovuq suv, elektr taʼminoti hamda boshqa qulayliklarni alohida eʼtirof etishdi. Harbiy xizmatchilar oilalarini ijtimoiy himoya qilish borasida yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirildi.

— Bu yilgi bayram men va oilam uchun qoʻshaloq xursandchiliklar ulashdi, — deydi Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Abror Sattorov. — Yangi uyda tinch va xotirjam umrguzaronlik qilishimiz uchun zamonaviy qulayliklar muhayyo etilgan. Ayniqsa, bundan turmush oʻrtogʻim, farzandlarim juda ham quvonishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер