“Loyihalar yarmarkasi“ tashkil etildi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Furqat tumanida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, yoshlarning biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlash hamda ishsiz aholi vakillarini doimiy daromad manbai bilan taʼminlash maqsadida “Loyihalar yarmarkasi“ tashkil etildi.
Yarmarkada tadbirkorlar, biznes loyihasini amalga oshirish istagida boʻlgan yoshlar ishtirok etib, oʻz mahsulotlari koʻrgazmasini namoyish qilishdi hamda loyiha va gʻoyalari taqdimotini oʻtkazishdi. Tadbirda tijorat banklari mutaxassislari, masʼul idora va muassasalar rahbarlari istiqbolli gʻoyalarni amalga oshirish uchun amaliy tavsiya va maslahatlarini berishdi.
— “Loyihalar yarmarkasi“ boʻlajak tadbirkorlar uchun oʻziga xos muloqot maydoni boʻlib, bu boradagi qonunchilik meʼyorlari, imtiyozlar xususida kerakli maʼlumotlarni olishida muhim ahamiyatga ega, — deydi Furqat tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi Bahromjon Abdullayev. — Shu maʼnoda, bugun koʻplab yoshlar oʻz kasb mahoratini namoyish qilish, mahsulotlari koʻrgazmasini tashkil etish orqali yangi hamkorlar topdi, hamkorlikda ishlash boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Tadbir doirasida qatnashchilar imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratilib, ijtimoiy daftarlar roʻyxatidan chiqarilgan va oilasi farovonligiga erishgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishib, ular tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar samarasini oʻz koʻzi bilan koʻrish, sarhisob qilish imkoniga ega boʻldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- AQSH moliya vaziri kompyuteriga xakerlar hujum qildi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Islam Maxachevga Arman Sarukyan raqiblik qila olmaydi. “UFC 311” oldidan sodir boʻlgan noxush xabarning barcha tafsilotlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring