Albaniyaga Oʻzbekistonning yangi elchisi tayinlandi
Oʻzbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov Albaniya Prezidenti Bayram Begayga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Vena shahridagi prezidentning qarorgohida boʻlib oʻtgan tantanali marosimdan soʻng oʻtkazilgan muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Albaniya oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Baxtiyor Ibragimov 2023-yil noyabr oyida Avstriya Prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirgandi. Shuningdek, u 2023-yilda shtab kvartirasi Vena shahrida joylashgan YXHT, BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi, Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlash toʻgʻrisidagi shartnoma tashkiloti, XAEA kabi xalqaro tashkilotlardagi mamlakatimizning rasmiy vakili sifatida ham akkreditatsiya qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring