Ishsiz xotin-qizlar bandligi taʼminlandi

12:11 03 Yanvar 2025 Jamiyat
298 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida 2024-yilda mavjud 909 ta mahallada 90 ming 250 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilib, shulardan 90 ming 136 nafariga moddiy yordam koʻrsatildi. Bu haqida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasida boʻlib oʻtgan yigʻilishda maʼlum qilindi.

— Oʻtgan yilda ishsiz xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ayniqsa, ularni tadbirkorlikka jalb etish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi, — deydi boshqarma boshligʻi Gulnoraxon Ahmedova. — Natijada 139 ming 877 nafar xotin-qizning bandligi taʼminlandi. Tadbirkorlikka jalb qilish hamda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmalari hisobidan 4 ming 967 nafar xotin-qizga turli yoʻnalishlarda oʻz tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish uchun 27,7 milliard soʻm miqdorida subsidiya mablagʻi berildi. Bundan tashqari, 19 ming 78 nafar xotin-qizga biznes-loyihalarini amalga oshirish uchun 417,1 milliard soʻm miqdorida kreditlar ajratildi.

Yigʻilishda “Ayollar daftari” orqali xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, oilalarni mustahkamlash va undagi maʼnaviy muhitni yaxshilash, ajrimlarning oldini olish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik borasida bajarilgan ishlar tahlil qilinib, navbatdagi vazifalar belgilab olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер