Irlandiya va Ispaniya 21-may kuni Falastin davlatini tan olishi mumkin
Irlandiya, Ispaniya va Yevropa Ittifoqiga aʼzo boshqa qator davlatlar Falastin davlatini tan olish masalasini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda Irlandiya milliy teleradiokompaniyasiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Irlandiya va Ispaniya, shuningdek, Sloveniya hamda Malta oʻrtasidagi aloqalar Falastin davlatchiligini birgalikda tan olish maqsadida faollashgan.
Yaʼni mazkur davlatlar ertaga, 10-may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi tomonidan falastinliklarning BMTga toʻlaqonli aʼzo boʻlish huquqiga ega deb tan olinishi tarafdori.
Maʼlumot uchun, 1988-yildan beri BMTga aʼzo 193 davlatdan 139 tasi Falastin davlatini tan olgan. Ispaniya va Irlandiya esa uzoq vaqtdan beri Falastin davlatchiligi huquqlari boʻyicha harakat qilib kelmoqda.
Biroq Isroil ushbu davlatlarning rejasini “terrorizm uchun mukofot” deb atagan hamda mazkur harakatlar Gʻazo mojarosini muzokaralar yoʻli bilan hal qilish imkoniyatlarini kamaytirishini aytgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring