Hisoblagichlar bepul oʻrnatib berildi
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Muruntov mahallasi Zarafshon shahridan 40, viloyat markazidan qariyb 200 kilometr olislikda — Qizilqumning qoq markazida joylashgan. Mahallada asosan unga nomdosh konning konchilari va geolog mutaxassislar hamda infratizim mutaxassislari istiqomat qilishib, bugungi kun holatiga 855 xonadon, 3400 nafar aholini tashkil etadi.
Mahallada ichimlik suvi bilan bogʻliq masala uzoq yillik muammo boʻlib, yaqin-yaqinlargacha muruntovliklarga suv maxsus grafik, baʼzi koʻchalarga tashib yetkazib berilardi.
— Mamlakatimizda inson qadri ulugʻlanib, uning manfaatlari ustuvor tutilgach, Muruntovda aholini markazlashgan holda ichimlik suvi bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyildi, — deydi Navoiy suv taʼminoti” AJ Zarafshon shahar boʻlimi boshligʻi v.b E.Saxadinov. — Bugungi kunda mahalla toʻlaligicha toza ichimlik suvi bilan taʼminlanib, 730 xonadonga suv hisoblagich moslamalari orqali ichimlik suvi yetkazib berilmoqda.
Taʼkidlash joiz, suv hisoblagich moslamalari oʻrnatilmagan 125 xonadon mahallaning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami hisoblanib, ular bilan foydalangan suv uchun meʼyor asosida hisob-kitob qilinardi. Tabiiyki, bu shundogʻam turli ijtimoiy daftarlarda roʻyxatda turgan fuqarolar uchun iqtisodiy qiyinchilik tugʻdirib, pirovard natijada qarzdorliklar oshishiga olib kelardi.
Zarafshon shahar hokimligining tashabbusi bilan mazkur xonadonlarga “Navoiy suv taʼminoti” AJ Zarafshon shahar boʻlimi hisobidan suv hisoblagich uskunalari bepul oʻrnatib berildi. Shu bahona boʻlim tomonidan tuzilgan ishchi guruh xonadonma-xonadon yurib, aholining ichimlik suvi taʼminoti va boshqa ijtimoiy muammolarini oʻrgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring