Fransiya hukumati isteʼfoga chiqishi mumkin. “Yangi xalq fronti” koalitsiyasi va oʻng qanot “Milliy birlashuv” partiyasi ovoz berishga tayyorlanmoqda
Fransiyada Milliy Assambleya deputatlari hukumatga ishonchsizlik ovozini berish uchun tayyorgarlik koʻrishmoqda. Soʻlchi “Yangi xalq fronti” koalitsiyasi va oʻng qanot “Milliy birlashuv” partiyasi 4-dekabr kuni bu masalada ovoz berishni rejalashtiryapti. Qaror hukumatning 2025-yildagi ijtimoiy sugʻurta byudjetini parlament muhokamasisiz tasdiqlash qaroridan keyin qabul qilingan.
Bahslarning asosi Fransiya hukumatining iqtisodiy tejamkorlik boʻyicha 60 milliard yevro miqdoridagi rejalariga borib taqalmoqda. Ushbu rejada davlat xarajatlarini 40 milliardga qisqartirish va 20 milliard yevro soliqlarni oshirish taklif qilingan. Bunday chora-tadbirlar mamlakatda jiddiy muxoliflikka sabab boʻldi va hukumatning obroʻsiga zarar yetkazdi.
“Milliy birlashuv” partiyasi yetakchisi Marin Le Pen hukumatni ayrim tejamkorlik choralaridan voz kechishga chaqirdi. Le Pen, jumladan, elektr energiyasi narxlarini oshirmaslik va qochqinlar uchun bepul tibbiy xizmatlar roʻyxatini qisqartirish taklifini qoʻllab-quvvatlagan. Shunga qaramay, pensiyalarni inflyatsiya darajasiga bogʻlashdan bosh tortishga hukumat rozi boʻlmadi.
Mishel Barnye boshchiligidagi hukumat “Yangi xalq fronti” va “Milliy birlashuv”ning birlashgan ovozlariga qarshi turishi qiyin boʻlishi mumkin. Hukumatga ishonchsizlik ovozini berish uchun 577 deputatdan kamida 288 nafari qoʻllab-quvvatlashi kerak. Chap qanot koalitsiyasining 190ta va “Milliy birlashuv” partiyasining 126ta ovozi bor va bu amaldagi hukumat isteʼfosi uchun yetarli boʻlishi mumkin.
Qayd etish kerakki, Marin Le Pen hukumatni fransiyaliklarning turmush tarziga salbiy taʼsir qiladigan qarorlardan saqlanishga chaqirmoqda. Uning fikricha, hukumat siyosatining natijalari aholi oʻrtasida hukumatga nisbatan ishonchsizlikni oshirgan.
Bu vaziyat Fransiya siyosiy tizimidagi keskinliklarni yaqqol namoyon etmoqda. Hukumatning keyingi qadamlari mamlakatning iqtisodiy va siyosiy barqarorligiga katta taʼsir koʻrsatishi mumkin. Ovoz berish natijasi Fransiyaning siyosiy yoʻnalishiga jiddiy oʻzgarish kiritishi ham ehtimoldan yiroq emas. Xususan, hukumatdagi oʻzgarishlar Rossiya – Ukraina mojarosiga ham oʻziga xos taʼsirini oʻtkazishi xavotirlarga sabab boʻlyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring