Firibgar oʻzgalarning nomiga mobil ilova orqali kredit rasmiylashtirib, qochib qolmoqchi boʻldi
Foto: Illustrativ
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Shahrisabz shahrida fuqarolarning nomiga mobil ilova orqali kredit rasmiylashtirib, oʻzlashtirib yuborgan shaxsni qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Ya.X. 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni chuv tushirgan.
Qayd etilishicha, jabrlanuvchi fuqarolarning nomiga mobil ilovalar orqali Ya.X. jami 100,9 million soʻmlik kredit va boʻlib toʻlash sharti evaziga mahsulotlar olishga erishib, ushbu kredit va mahsulotlarni oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib,tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring