Fargʻonada odamlar oʻlimiga sabab boʻlgan “zapravka” buzilmoqda
Joriy yilning 17-dekabr kuni portlash roʻy bergan avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasi buzilmoqda. Bu haqda Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Fargʻona shahrida joylashgan mazkur shoxobcha boshqa faoliyat olib bormaydi. Ushbu AYOQSH va AGTSH aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va kelgusida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida tadbirkorning oʻz xoxishiga koʻra buzilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 17-dekabr kuni Fargʻona shahrida joylashgan “zapravka”da katta yongʻin yuz bergandi. Viloyat FVBning dastlabki xabarida yongʻin oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etgani, 4 nafar fuqaro tan jarohati olgani aytilgandi. Oradan bir kun oʻtib viloyat IIB yongʻindan jabrlanib, shifoxonaga yotqizilgan yana 3 nafar fuqaro koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etganini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring