“Antiterror-tozalash” operatsiyasida ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarga moyil 418 nafar shaxs aniqlandi

02:31 01 Fevral 2025 Jamiyat
79 0

Foto: Telegram

Joriy yilining 27-31-yanvar kunlari DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan mamlakat miqyosida “Antiterror-tozalash” keng koʻlamli tadbirlari olib borildi. Tadbir davomida ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etishga moyil 418 nafar shaxs aniqlandi, deb xabar berildi Telegram'dagi “Xavfsizlik” kanalida.

Qayd etilishicha, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va unga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi shaxs va jinoiy guruhlarni aniqlash maqsadida jami 946 ta maxsus tadbir oʻtkazilgan.

Unga koʻra, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etishga moyil, respublikadagi kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi 418 nafar shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

Foto: Telegram

Jinoyat ishlari doirasida 169 nafar shaxslar qamoqqa olinib, 42 ta jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qoʻyilgan. 399 nafar shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilib, ularning 270 nafari maʼmuriy qamoqqa olingan. 109 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlangan.

536 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, 402 nafari rasmiy ogohlantirilgan.

Shuningdek, tadbirlar davomida noqonuniy muomaladan 80 ta qurol oʻq-dorilari bilan, 30 kg 337 gr giyohvandlik vositalari, 4 ming 521 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari, 186 dona tigʻ, 22 dona bita va 17 dona kastetlar olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер