Tramp noqonuniy migrantlarni saqlash uchun AQSHdan tashqarida 30 ming oʻrinli qamoqxona qurdirmoqchi

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatdan deportatsiya qilinganlarni saqlash uchun Kubada joylashgan Guantanamo harbiy-dengiz bazasida 30 ming oʻrinli qamoqxona lageri qurishni buyurdi, deb xabar bermoqda “The Washington Post” nashri.
Xabarga koʻra, qamoqxonaga mamlakatdagi noqonuniy migrantlarga qarshi kurashish kompaniyasi doirasida ushlangan chet el fuqarolari yuboriladi. Ularning vatanlariga qaytishi yoki boshqa mamlakatga yuborilishi hal etilmaguncha oʻsha qamoqxonada saqlab turilishi rejalashtirilgan.
“AQSHdagi noqonuniy migrantlarning baʼzilari juda yomon, boshqa davlatlar ularni ushlab turishiga ishonch yoʻq. Ularning AQSHga qaytib kelishini xohlamaymiz, shuning uchun biz Guantanamodagi qamoqxonani ishga tushiramiz va ularni oʻsha yerga yuboramiz”, — deydi Tramp.
Bundan tashqari, AQSH Immigratsiya va bojxona xizmatiga deportatsiya qilinishi kutilayotgan 40 mingga yaqin muhojirni hibsga olish huquqi berilgan. Ammo AQSHdagi eng katta qamoqxonalar ham taxminan ikki ming mahbusni sigʻdira oladi.
AQSH Mudofaa vaziri Pit Xegset ham Tramp qurdirmoqchi boʻlgan qamoqxona deportatsiya qilinganlarni saqlab turish uchun eng mukammal joy ekanligini taʼkidlagan.
Guantanamodagi qamoqxonada ishlovchi xodimning aytishicha, deportatsiya qilinishi kerak boʻlgan mahbuslar ogʻir jinoyat sodir etganlar bilan bir kamerada saqlanmaydi. Aksincha, lagerning maqsadi “vaqtinchalik tranzit” boʻlib, AQSH rasmiylari hujjatlarni toʻldirib, mahbuslarni vatanlariga yoki boshqa mamlakatga joʻnatgunga qadar vaqtinchalik ushlab turish uchun xizmat qiladi.
Maʼlumot uchun, shu vaqtgacha Guantanamoda joylashgan AQSH qamoqxonasida terrorchilar va ogʻir jinoyatlar sodir etgan shaxslar saqlab kelinayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oʻz ishini boshladi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring