“Bugungidek imkoniyat yaratilganda xorijga ish izlab ketmasmidim...”

12:17 08 Avgust 2024 Jamiyat
115 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. — Yaratgandan bandasiga turli sinovlar keladi. Lekin inson boshiga tushadigan balo-qazolarga oʻzi sababchi boʻlishini anglab yetdim. 2015-yilda hoy-havasga berilib, xorijga ishlagani ketdim. U yerda avtohalokatga uchrab, bir qoʻl, ikki oyogʻimdan ayrildim. Sogʻ yurib borgan oyoqlarim protezda qaytdi, — deydi Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani Elbayon mahallasida yashovchi Oʻrol Toʻraqulov.

Boshiga tushgan musibat ruhini sindirolmadi. Aksincha, undagi shijoat, hayotga boʻlgan intilishini oshirdi. Har qancha qiyin boʻlmasin faqat oldinga intildi.

— Baʼzida oʻylab qolaman, balki oʻsha paytlari bugungidek imkoniyatlar yaratilganida xorijga ish izlab ketmagan boʻlarmidim, — deydi qahramonimiz. — Tadbirkorlik qilish istagi tugʻildi. Ichki imkoniyat va sharoitlardan kelib chiqib, mahallamiz hokim yordamchisiga maqsadimni aytdim. Rejalarim unga maʼqul tushdi. Tezda zarur hujjatlarni tayyorlab, 33 million soʻmlik imtiyozli kredit ajratilishini taʼminladi.

Bugun Oʻralboy mahallaning peshqadam tadbirkorlaridan. Uning moʻjaz uy sexida oq va qizil rangli tuproqlar qorishmasidan bir kunda 10 ming dona xom gʻisht ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlari xaridorgir, mijozlar koʻpligidan buyurtmalar oldindan olinmoqda. Daromad shunga yarasha. Eʼtiborlisi, u 10 nafar mahalladoshini ham doimiy ish bilan taʼminlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер