Bu ikki tashkilot isteʼmolchilardan 1.3 milliard soʻmga yaqin ortiqcha haq undirilgan. Jabrlanganlar ortiqcha toʻlangan mablagʻni qaytarib oladimi?
Foto: Illustrativ
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan “OʻztemiryoʻlYoʻlovchi” AJ va “Shahar atrofida yoʻlovchi tashish” MCHJ faoliyati oʻrganilganda ikki tashkilotning yoʻlovchilardan jami 1,3 milliard soʻmga yaqin ortiqcha haq undirilganligini aniqladi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar bergan.
Maʼlum boʻlishicha, “OʻztemiryoʻlYoʻlovchi” AJ Fargʻona filiali (boʻlinmasi) tomonidan temir yoʻl vokzali (stansiyalari) boʻylab 2023-yil davomida 606 ming 380 ta sotilgan chiptalardan vositachilik yigʻim qiymati boʻyicha 660 million soʻmga yaqin mablagʻ ortiqcha olingan.
Bundan tashqari, “Shahar atrofida yoʻlovchi tashish” MCHJ Fargʻona filiali tomonidan temir yoʻl vokzali (stansiyalari) boʻylab 2024-yilning 1-yanvaridan 24-iyul kunigacha 185 ming 806 ta sotilgan chiptalardan vositachilik yigʻim qiymati boʻyicha 560 million soʻmga yaqin, umumiy hisobda jami 792 ming 186 nafar isteʼmolchilardan 1,3 milliard soʻmga yaqin ortiqcha haq undirilganligi aniqlandi.
Oʻrganish natijasida Qoʻmita maxsus komissiyasi tomonidan “OʻztemiryoʻlYoʻlovchi” AJga va “Shahar atrofida yoʻlovchi tashish” MCHJga shaharlararo va shahar atrofida yoʻlovchi tashish boʻyicha Fargʻona filiali tomonidan ortiqcha undirilgan toʻlovlarni isteʼmolchilarga qaytarishi yuzasidan koʻrsatma berilib, moliyaviy jarima qoʻllanilgan.
Avvalroq, 18 yoshli oʻzbekistonlik shaxmatchi Magnus Karlsenni 3 daqiqada taslim qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring