Oʻzbekiston Prezidenti “S5+1” formatidagi sheriklikni yanada kengaytirishga chaqirdi

Prezident Donald Tramp raisligida oʻtgan tadbirda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.

09:10 07.11.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH savdo vazirini qabul qildi

Muzokaralar yakunida qoʻshma loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun investitsiya platformasini yaratish orqali amaliy hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.

02:30 07.11.2025
Xurmo quritilib, undan mayiz va chips tayyorlanmoqda

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Yaponiya qishloq xoʻjalik universiteti bilan hamkorlikda yangi loyiha amalga oshirilyapti. Bundan koʻzlangan maqsad — xurmo mevasini quritib, mayiz va chips tayyorlab, ularni qadoqlab, xorijga eksport qilish orqali qishloq aholisining daromadini oshirishdan iborat.

18:34 06.11.2025
Ilm — maʼrifat integratsiyasi

​​​​​​​Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti akademik Shavkat Ayupov muallifligida jahonning nufuzli Newsweek “Pangea Globe” nashrida chop etilgan maqolasi biz uchun quvonchli voqea boʻldi.

15:20 06.11.2025
Maktabgacha taʼlim sohasidagi islohotlar eʼtirof etildi

Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida “Mustahkam majburiyat va mintaqaviy hamkorlik orqali maktabgacha taʼlimni rivojlantirish” mavzuida tadbir oʻtkazildi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutasaddilari, YUNESKOning taʼlim sohasi boʻyicha masʼullari va Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamda YUNICEF vakillari ishtirok etdi.

10:08 06.11.2025
Limonchilik faqat daraxt ekish emas, balki iqtisodiy va madaniy qiymat yaratish jarayonidir

Limonchilik bogʻdorchilikda iqtisodiyotning yangi – sanoatlashgan tarmogʻi sifatida soʻnggi yillarda Namangan viloyatida ham shiddat bilan rivojlanmoqda. Hududda u ishsiz aholi uchun daromad manbai, mahalliy iqtisodiyot uchun yangi eksportbop tarmoq sifatida shakllanib borayotir.

17:05 05.11.2025
YUNESKO bilan xalqaro taʼlim makonida hamkorlik

Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan xalqaro anjuman doirasida YUNESKOning “Oliy taʼlimga oid malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi global konvensiya”ni Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilinishiga bagʻishlangan maxsus taqdimot boʻlib oʻtdi.

14:57 05.11.2025
Oʻzbekistondagi 22 ta OTM Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi

“QS Quacquarelli Symonds” agentligi tomonidan Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingi — “QS Asia University Rankings 2026” roʻyxati eʼlon qilindi.

12:16 05.11.2025
Qoraqalpogʻistonda Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi barpo etiladi

“Qoraqalpogʻiston Respublikasida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

11:19 05.11.2025
Oʻzbekiston Prezidenti global ijtimoiy adolatni mustahkamlash boʻyicha tashabbuslarni ilgari surdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni Doha shahrida oʻtayotgan Ijtimoiy rivojlanish boʻyicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etdi.

13:55 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga 5 milliard soʻmgacha imtiyozli kreditlar beriladi

Prezident qarori bilan “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–61 son qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

13:46 04.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy rivojlanish boʻyicha ikkinchi Butunjahon sammitidagi nutqi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy rivojlanish boʻyicha ikkinchi Butunjahon sammitidagi nutqi

13:38 04.11.2025
Oʻzbekistonda “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti taʼsis etildi

Bu haqda kecha, 3-noyabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori qabul qilindi.

10:46 04.11.2025
Yosh fermerlarning loyihalari qoʻllab quvvatlanadi

Oʻzbekiston fermerlari kengashi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Agrobank, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va Respublika Agrokimyoviy tahlil markazi hamkorligida oʻtkazilgan seminarda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan yuzlab yosh fermerlar, ularga koʻmakdosh tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etishdi.

10:36 04.11.2025
Yoshlar texnoparklari – kelajak innovatorlarini tarbiyalovchi zamonaviy makon

Mamlakatimizda yoshlarni ilm-fan va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, ularning ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish, zamonaviy kasblarga oʻqitish hamda startap gʻoyalarini amaliyotga joriy etish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

16:36 03.11.2025
Xalqaro anjuman madaniy tadbirlarga boy tarzda oʻtmoqda

Xalqaro anjumanning navbatdagi kunlarida yalpi majlislar bilan bir qatorda Oʻzbekiston madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan YUNESKO, Fransiya madaniyat vazirligi va Gyume muzeyi hamkorligida “Muzeylarda sunʼiy intellektning roli” mavzusidagi konferensiya oʻtkazildi.

11:55 03.11.2025
Oila institutini mustahkamlash va nikohdan ajralishlarning oldini olish boʻyicha Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga parlament soʻrovi yuboriladi

Senatning oʻn birinchi yalpi majlisida oila institutini mustahkamlash va nikohdan ajralishlarning oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga parlament soʻrovini yuborish masalasi koʻrib chiqildi.

13:59 01.11.2025
Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Stubb Qoʻshma bayonotni imzoladi

O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.

19:34 31.10.2025
O‘zbekiston va Finlyandiya Prezidentlari rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi

Ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda yanada mustahkamlash istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi.

18:43 31.10.2025

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер