Yoshlar texnoparklari – kelajak innovatorlarini tarbiyalovchi zamonaviy makon
Mamlakatimizda yoshlarni ilm-fan va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, ularning ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish, zamonaviy kasblarga oʻqitish hamda startap gʻoyalarini amaliyotga joriy etish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 313-sonli qaroriga muvofiq, respublikaning 12 ta hududida Yoshlar texnoparklari tashkil etildi.
Mazkur texnoparklar yoshlar uchun ilmiy-texnikaviy ijodkorlik, amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish va innovatsion tadbirkorlikni shakllantirish markaziga aylandi. Bugungi kunda u yerda “web-dasturlash”, “robototexnika”, “3D modellashtirish”, elektronika, video montaj, grafik dizayn, “AutoCAD” kabi 7 turdagi zamonaviy yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv va ishlab chiqarish xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan.

Texnoparklarda yosh ixtirochi va tadqiqotchilarning gʻoyalarini hayotga tatbiq etish maqsadida “InnoX” biznes-inkubator va akselerator dasturi faoliyat yuritmoqda. Ushbu dastur orqali yoshlarning startap loyihalarini ishlab chiqish, biznes-reja tuzish, marketing strategiyasini shakllantirish va moliyaviy savodxonligini oshirishga koʻmak berilmoqda. Natijada, bugungi kunga kelib 1175 ta startap loyihasi muvaffaqiyatli ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Shuningdek, texnoparklarda geologiya, robototexnika, mexatronika, sunʼiy intellekt, qishloq xoʻjaligi, dasturlash va raqamlashtirish kabi yoʻnalishlarda loyihalar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, 30 dan ortiq marketing va konsalting xizmatlari, zamonaviy texnik jihozlar orqali oʻquv va ishlab chiqarish faoliyatiga koʻmaklashish, mobilografiya va “SMM” xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatlari yaratilgan.

Eng muhimi, ushbu texnoparklar orqali 60 mingdan ziyod yoshlar innovatsion taʼlim jarayonlariga jalb etildi. Ular oʻz gʻoyalari asosida amaliy mahsulotlar yaratish, yangi texnologiyalarni oʻzlashtirish va startap loyihalarini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Xulosa qilib aytganda, Yoshlar texnoparklari bugungi kunda nafaqat ilmiy-texnik ijodkorlik markazi, balki yoshlarning intellektual salohiyatini roʻyobga chiqaruvchi, ularni kelajak kasblariga tayyorlovchi muhim maydonga aylandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring