Project Sunrise: AQSHda Gʻazo sektorini tiklash boʻyicha 112 milliard dollarlik loyiha ishlab chiqildi

16:14 20 Dekabr 2025 Dunyo
468 0

The Wall Street Journal yozishicha, AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda AQSH rahbarining kuyovi Jared Kushner Gʻazo sektorini tiklash boʻyicha maxsus taklif ishlab chiqqan.

Project Sunrise loyihasi “vayron etilgan anklavni zamonaviy va taraqqiy etgan megapolisga aylantirish”ni koʻzda tutadi. Buning uchun kamida 10-yil vaqt va 112,1 milliard AQSH dollari talab etilishi aytilmoqda. Shu bilan birga, qayta tiklash ishlarini qaysi davlatlar va kompaniyalar moliyalashtirishi, shuningdek, rekonstruksiya davrida 2 million nafar falastinlik qayerda istiqomat qilishi masalasi ochiq qolmoqda.

Maʼlum qilinishicha, AQSH mazkur loyihada asosiy oʻyinchilardan biri sifatida ishtirok etishga tayyor. Vashington 60 milliard dollar miqdorida grant ajratishni qoʻllab-quvvatlashi va barcha ishlar amalga oshirilishi uchun kreditlar boʻyicha kafil sifatida chiqishi mumkin.

Loyiha rejasiga koʻra, 10-yildan soʻng Gʻazo sektori tiklanishning keyingi bosqichlarini mustaqil moliyalashtirish imkoniyatiga ega boʻlishi va yakunda jalb qilingan kreditlarni qaytarishni boshlashi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?