Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar roʻyxati eʼlon qilindi

14:53 13 Yanvar 2026 Jamiyat
301 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan, Oʻzbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar yangilangan roʻyxati eʼlon qilindi.

2026-yil 10-yanvar holatiga koʻra, huquq-tartibot idoralari murojaatiga asosan Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan tayyorlangan dinshunoslik ekspertizasi xulosasi asosida qariyb 1 ming 600 ta kontent radikal mazmunda deb topilgan va ularni Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish toʻliq taqiqlangan.

Jumladan:

  • Telegramʼda — 790 ta;
  • Facebookʼda — 249 ta;
  • YouTubeʼda — 167 ta;
  • Instagramʼda — 265 ta;
  • TikTokʼda — 53 ta;
  • Odnoklassnikiʼda — 36 ta, shuningdek, internet jahon axborot tarmogʻidagi saytlar hamda boshqa manbalarda 33 ta kontent taqiqlangan.

Taqiqlangan materiallarning batafsil roʻyxati quyidagicha (ketma-ketlikda):

“Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzogʻiga tushib qolishdan doimo saqlaning. Ular hayotingiz va orzularingizni barbod qilishiga aslo yoʻl qoʻymang. Sud tomonidan taqiqlangan internet manbalardan yiroq boʻling”, — deyiladi ogohlantirish xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?