Qoraqalpogʻistonda Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi barpo etiladi

11:19 05 Noyabr 2025 Hujjatlar
356 0

“Qoraqalpogʻiston Respublikasida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–332-son, 03.11.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, mazkur qarorga koʻra, Xoʻjayli tumanida Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi tashkil etiladi.

Markaz hududida IT universitet, startaplar texnoparki va ularni qoʻllab-quvvatlash innovatsion guruhlari, yoshlar bandligini taʼminlashga qaratilgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, qurib foydalanishga topshirilgan ijtimoiy soha obyektlari Investor tomonidan tegishli davlat organlari tasarrufiga begʻaraz oʻtkazib beriladi.

Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida davlat muassasasi shaklida Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi direksiyasi tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер