Jahon chempionatining yakkalik bahslarida gʻoliblar aniqlandi

Samarqanddagi “Ipak yoʻli” xalqaro turizm markazida sportning triatlon turi boʻyicha harbiylar oʻrtasida oʻtkazilayotgan 25-jahon chempionatining yakkalik bahslarida gʻoliblar aniqlandi.
Erkaklar oʻrtasida “Elite” toifasida fransiyalik triatlonchilar Dorian Konninx va Nathan Lessman gʻolib boʻlgan boʻlsa, uchinchi oʻrinni oʻzbekistonlik sportchi Jereme Kuindos egalladi.
Kattalar oʻrtasida “Senior” yoʻnalishida rossiyalik Kirill Goldoviskiy marraga birinchi boʻlib yetib keldi. Ikkinchi oʻrinni fransiyalik Boulch Bertrand, uchinchi oʻrinni portugaliyalik Neves Marsio egalladi.
Musobaqa natijasiga koʻra, xotin-qizlar oʻrtasida “Elite” toifasida fransiyalik harbiy triatlonchi Matilda Gautiyer finishga birinchi boʻlib yetib keldi. Sloveniyalik Tjasha Vrtachich ikkinchi, yana bir fransiyalik sportchi Seliya Merle uchinchi boʻldi.
Kattalar oʻrtasida “Senior” yoʻnalishida rossiyalik Anastasiya Abrosimovaga teng keladigani topilmadi. Keyingi oʻrinlar kanadalik Sara Graves va ispaniyalik Loreto Pastor Sopelanaga nasib etdi.
Musobaqada ishtirok etgan triatlonchilarimiz orasida samarqandlik Alina Hakimova kuchli beshlikdan joy oldi.
Bugun harbiylar oʻrtasidagi 25-jahon chempionatining jamoaviy bahslari boʻlib oʻtmoqda. 13 mamlakat sportchilari estafeta tartibida 300 metrga suzish, 6 kilometr velosiped poygasi, 1,6 kilometrga yugurish bosqichida ishtirok etmoqda. Musobaqada toʻrt nafar oʻzbekistonlik harbiy triatlonchi yurtimiz sharafini himoya qilyapti.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring