Gʻazoda sulh eʼlon qilingandan beri 80 dan ortiq falastinlik halok boʻldi
TASS agentligining xabar berishicha, Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish rejimi kuchga kirgandan buyon kamida 87 nafar falastinlik halok boʻlgan. Bu haqda anklav sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi kunlarda 311 kishi jarohat olgan. Soʻnggi sutka davomida Gʻazo shahridagi shifoxonalarga 13 nafar halok boʻlgan fuqaroning jasadi keltirilgan, ulardan yetti nafari Isroilning toʻgʻridan-toʻgʻri hujumlari qurboni boʻlgan.
2023-yil 7-oktyabrdan buyon Isroil harbiy operatsiyalari natijasida halok boʻlganlarning umumiy soni 68 229 nafarga yetgan, 170 mingdan ortiq inson jarohat olgan.
Eslatib oʻtamiz, Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuv 10-oktyabr kuni kuchga kirgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring