Yil boshidan beri AQSHdan 500 mingdan ortiq noqonuniy muhojir deportatsiya qilindi
Joriy yilning yanvar oyidan boshlab AQSHdan 515 mingdan ortiq noqonuniy muhojir deportatsiya qilingan. Bu haqda AQSH Ichki xavfsizlik vazirining yordamchisi Trisha Maklaflin maʼlum qildi, deb xabar beradi TASS.
Maklaflinning soʻzlariga koʻra, Donald Trampning ikkinchi prezidentlik muddatining birinchi yili yakuniga qadar (yaʼni 2026-yil 20-yanvarga qadar) deportatsiya qilinganlar soni rekord darajadagi 600 ming nafarga yetadi.
Umuman olganda, yil boshidan buyon AQSHni 2 milliondan ortiq muhojir tark etgan, ularning taxminan 1,6 million nafari mamlakatni ixtiyoriy ravishda tashlab ketgan, — dedi u.
Eslatib oʻtamiz, Donald Tramp immigratsiya siyosatini qatʼiylashtirish tarafdori sifatida bir necha bor chiqish qilgan. U Amerika tarixidagi eng keng koʻlamli noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish operatsiyasini oʻtkazish niyatida ekanini bildirgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring