Jahon banki ishtirokida 7 ta OTM ilmiy-tadqiqot laboratoriya jihozlari bilan modernizatsiya qilinmoqda

10:01 03 Dekabr 2022 Jamiyat
410 0

Foto: Oliy va o‘rta-maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati

Oʻzbekiston Milliy universitetida “Zamonaviy tadqiqot laboratoriyasining oliy taʼlim muassasalar taʼlim sifatiga taʼsiri” mavzusida milliy seminar boʻlib oʻtdi.

Unda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yevropa sifatni taʼminlash agentligi, tegishli vazirliklar va idoralar hamda oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Seminarni vazir oʻrinbosari Rahimjon Hakimov ochib, ilmiy faoliyat va taʼlim sifatini oshirish, zamonaviy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida fikr-mulohazalar bildirdi.

Shuningdek, Jahon bankining “Oliy taʼlim tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida ishtirok etayotgan 7 ta oliy taʼlim muassasasining tegishli masʼullari loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot qilishdi.

Milliy seminar davomida oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari va sanoat korxonalari xodimlarining tashkil etilgan zamonaviy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalaridan xabardorligini oshirish, ilmiy tadqiqot ishlarida uchraydigan muammolar va ularni hal qilish yoʻllari boʻyicha fikr almashildi.

Maʼlumot oʻrnida, loyiha doirasida zamonaviy muassasalararo ilmiy laboratoriyalar yaratish uchun umumiy qiymati miqdori 11,7 mln AQSH dollar qiymatida boʻlgan 7 ta shartnoma imzolangan.

Hozirda imzolangan shartnomalar asosida Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent davlat arxitektura-qurilish instituti, «Toshkent davlat transport universitetiga ilmiy-tadqiqot laboratoriya jihozlari yetkazilib, montaj, ekspluatatsiya ishlari yakunlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер