Zarinaning taʼlim va mehr sabogʻi

12:35 06 Dekabr 2024 Jamiyat
223 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Qoʻqon davlat pedagogika instituti defektologiya fakulteti talabasi Zarina Xoliqova bir necha yillardan buyon oʻz xonadonida tayanch harakat aʼzolari, nutq, eshitish sohasida nuqsoni bor bolalar uchun qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkazib keladi.

Oʻtgan davr mobaynida asosiy oʻqitish jarayoniga qoʻshimcha inklyuziv taʼlim samarasi sifatida oʻnlab bolalarning nutqi ravon boʻlib, oʻqish, yozishni oʻrgandi. Hozirda tengdoshlaridan ajralmagan holda maktabda oʻqiyapti. Shu tariqa imkoniyati cheklangan oʻgʻil-qizlarga tengdoshlari qatori taʼlim-tarbiya olishiga koʻmaklashilmoqda.

— Bunday yoshlar bilan ishlashda har bir bolaga oʻziga xos yondashuv talab etiladi, — deydi Zarina. — Shu sababli oʻqitish, qoʻshimcha mashgʻulotlar belgilangan inklyuziv taʼlim dasturi doirasida olib boriladi. Yuksak mehr tufayli bu kabi bolalar kelajakda jamiyatda oʻz oʻrnini topadi.

Oʻquvchilar oʻrtasida murakkab jarrohlik amaliyoti oʻtkazgan, bogʻcha yoshidagi, 13 yoshgacha boʻlgan bolalar bor. Zarina ular bilan har kuni qoʻshimcha shugʻullanib, bilim va amaliy koʻnikmalarini oshirib boradi. Muloqot qilish, eshitish, harakatlanish bilan bogʻliq nuqsonlari ustida ishlaydi.

Aytish joiz, Zarinaning onasi koʻp yillardan buyon Qoʻqon shahar kar va soqovlar jamiyati raisi sifatida faoliyat koʻrsatadi. Zarina oʻz xonadonida qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkazishdan tashqari surdotarjimonlik va surdopedagoglik bilan ham shugʻullanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер