Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya ustuvor vazifalarni belgilab oldi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Komissiyaning 2023 yil birinchi yarim yilligi sarhisobi va istiqboldagi rejalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlar masalasiga davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. O‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Hisobot davrida Komissiya tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, jamiyatning siyosiy jihatdan faol qatlamiga aylantirish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Komissiya tomonidan yoshlarga oid qonunchilikni yanada takomillashtirish, yoshlarning siyosiy-huquqiy bilim va ko‘nikmalarini boyitish, qonun ijodkorligi jarayoniga yoshlarni jalb qilish hamda qabul qilinayotgan qonunlarni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish orqali ularning parlament hayotiga daxldorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Qayd etilganidek, qonun loyihalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish Komissiya faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Komissiya tomonidan qonun loyihalariga yoshlarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalarini inobatga olgan takliflar berish yo‘lga qo‘yildi. O‘tgan davr mobaynida Komissiya tomonidan 14 dan ortiq qonun loyihalari yuzasidan 40 dan ziyod asoslantirilgan takliflar tayyorlandi.
Shuningdek, Komissiya a’zolari konstitutsiyaviy islohotlarda ham faol ishtirok etib, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoshlarga yetkazish maqsadida joylarga chiqqan holda 200 dan ortiq turkum davra suhbatlari va uchrashuvlarda ishtirok etdilar.
Hisobot davrida Komissiya tomonidan xalqaro aloqalarni mustahkamlash, xususan, xorijiy mamlakatlar yoshlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, Komissiya a’zolari MDH Yoshlar Parlamentlararo Assambleyasining yig‘ilishida, Pusan shahrida Osiyo siyosiy partiyalari xalqaro konferensiyasi doirasida o‘tkazilgan Ishbilarmonlar kengashining “Iqlim inqirozi davrida Osiyo biznesi imkoniyatlari va muammolari” mavzusidagi birinchi yig‘ilishida, Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan “Yoshlar parlamentarizmi – Yoshlar huquqiy va siyosiy madaniyatini shakllantirish maktabi” mavzusidagi xalqaro forumda ma’ruzalar bilan qatnashdilar.
Komissiya a’zolari tomonidan yoshlarga oid qonunchilikning mohiyati va ahamiyatini targ‘ib qilish, shuningdek Komissiyaning faoliyatiga doir masalalar yuzasidan ommaviy axborot vositalarida 400 dan ziyod chiqishlar qilingan.
Tadbirda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish kabi masalalar komissiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi ta’kidlanib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.
2023 yilning ikkinchi yarim yilligida yoshlarga oid qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish, yoshlarga oid qonunlarning ijrosi holatini o‘rganish yuzasidan Qonunchilik palatasi qo‘mitalariga, yoshlarga oid dolzarb masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga takliflar kiritib borish rejalashtirib olindi.
Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring