Vazir va yoshlar uchrashuvi

01:02 14 May 2025 Jamiyat
203 0

So‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizda yoshlar masalalari davlat siyosati darajasigacha ko‘tarilgani, ushbu yo‘nalishga e’tibor naqadar muhim ekanligini namoyon qilmoqda.

Belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vaziri, general-mayor Aziz Toshpo‘latov, sohaga oid mas’ullar ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlari bilan uchrashib, ular bilan samimiy muloqot o‘tkazdi, shuningdek yoshlarning murojaatlari, taklif hamda mulohazalari tinglandi.

Uchrashuvda Yoshlar ishlar agentligi, Sport, Sog‘liqni saqlash, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklari, Markaziy bank, shuningdek, sohaga mas’ul boshqa idoralarning vakillari ishtirokida 180 nafar yoshlar va ularning ota-onalari qatnashdi.

Tadbirda bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik bois ertamiz umidlari ilm-fan, madaniyat, sport sohasida mamlakatimiz dovrug‘ini yuqoriga ko‘tarish maqsadida astoydil harakat qilishayotganligi, bu borada ularga har jabhada yelkadosh rahbarlar borligini alohida ta’kidlandi.

Jumladan, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tadbirlarida ichki ishlar organlari xodimlari bilan bir qatorda hamkor tashkilotlarning mahalla yettiligi bilan birga ishlash mexanizmi yaratilgan bo‘lib, har bir yoshning muammosi xonadonbay o‘rganilmoqda, mas’ul rahbarlar har oyda kamida bir marotaba o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning salohiyatini yuzaga chiqarishga, talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlashga, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko‘maklashmoqdalar.

Tashkil etilgan uchrashuv yoshlar tomonidan bildirilgan yangi tashabbus va takliflar bilan yanada qizg‘in o‘tdi. Ayniqsa, yoshlar tomonidan yo‘llangan savollarga hamda ularning murojaatlariga mas’ullar tomonidan alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, yoshlar va ularning ota-onalari tomonidan jami 79 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning barchasi qanoatlantirildi. 47 nafar yoshlarga qiziqishlaridan kelib chiqib hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun zarur uskuna, anjomlar va kompyuter jamlanmalari topshirildi. Uchrashuvda faol qatnashgan 30 nafar yoshlarga esdalik sovg‘alar va kitob jamlanmalari berildi.

Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda yoshlarning muammolariga yechim topish hamda kelgusida mazkur faoliyatni takomillashtirish uchun zarur chora-tadbirlarni belgilab olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер