Toshkentda ikki piyodani urib yuborgan “Lacetti” daraxtga urilib, majaqlanib ketdi
Foto: Videodan kadr
Chilonzor tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida haydovchi va ikki piyoda vafot etdi. Bu haqda Poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 22-oktyabr kuni soat 06:20 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh koʻchasida sodir boʻlgan. 1985-yilda tugʻilgan S.K. “Lacetti” rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib yoʻlning belgilanmagan joyidan kesib oʻtayotgan 2 nafar piyoda — 1953-yilda tugʻilgan S.K. va 1960-yilda tugʻilgan K.S.larni urib yuborgan.
Shundan soʻng rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetidagi daraxtga borib toʻqnashib yoʻl transport hodisasi sodir etgan.
YTH oqibatida haydovchi va ikki piyoda olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.
“Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring