Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

08:36 24 Dekabr 2024 Jamiyat
141 0

Illyustrativ foto

Kecha, 23-dekabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, haydovchi J.Y. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasi, haydovchi U.O. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasi hamda haydovchi N.B. boshqaruvida boʻlgan “Lacetti” rusumli avtomashinalari toʻqnashuvi oqibatida YTH yuz bergan.

YHXBga koʻra mazkur yoʻl-transport hodisasi oqibatida hech kim jarohatlanmagan.

“Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?