Tibbiyotda inqilob: dunyoda ilk bor urib turgan yurak koʻchirib oʻtkazildi

11:13 12 Dekabr 2024 Ilm-fan
303 0

Italiyaning Padua shahrida dunyoda birinchi marta urib turgan yurak transplantatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu haqda shahar shifoxonasi va universitet maʼmuriyatiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Shahar tibbiyot markazi, universitet boshqarmalari ushbu operatsiyani tibbiy sohasidagi inqilobiy yangilik sifatida baholadi. Yangi usul orqali shifokorlar yurak transplantatsiyasi natijalarini yaxshilash, shuningdek, organlarni nazorat ostida ushlab turish, organlar faoliyati toʻxtab qolishining oldini olishda keng imkoniyatlar yaratadi.

“Ushbu amaliyot ishemiya va reperfuzion shikastlanishlarni bartaraf etishga yordam beradi, bu esa transplantatsiya jarayonida va undan keyin yurak faoliyatini yaxshilashga, tezroq tiklanishga olib keladi”, deyiladi xabarda.

Hozirda bemorning ahvoli yaxshi holatda boʻlib, tez orada kasalxonadan chiqishiga ruxsat berilishi aytilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер