Svetlana Osipova faolligi sababli Olimpiadadagi ilk gʻalabaga erishdi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.
Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Svetlana Osipova +67 kg vazn toifasidagi oʻz yurishlarini boshladi.
Hamyurtimiz Kot-dʼivuar vakilasi Astan Batiliga qarshi qiyin kechgan bahsning birinchi raundida 4:0 hisobida yutuqqa erishgan boʻlsa, ikkinchisida 2:7 hisobida yutqazib qoʻydi.
Hal qiluvchi uchinchi raundda esa 0:0 hisobi qayd etildi. Shunga qaramasdan, sportchi qizimizning jang davomida faol boʻlganligi sababli hakamlar gʻalabani Svetlananing nomiga yozishdi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Svetlana Valeriyevna Osipova 2000-yil 3-may kuni tavallud topgan. Hamyurtimiz 2017-yilda yopiq maydonlardagi va jang sanʼatlari boʻyicha Osiyo oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2018-yilda u Yozgi Osiyo oʻyinlarida bronza medalini, 2019-yilda u Butunjahon harbiy oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Bungacha Hasanboy Doʻsmatov va Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev “Parij-2024”ning boks bellashuvlarida oltin medallarni qoʻlga kiritgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring