Pentagon rahbari narkokartellarga qarshi operatsiya boshlanganini eʼlon qildi
Pit Xegset “Janubiy nayza” nomli operatsiyaning boshlaganini maʼlum qildi. U bu haqda X ijtimoiy tarmogʻida post yozdi, biroq operatsiyaning tafsilotlari haqida maʼlumot bermadi.
Operatsiya AQSH Qurolli Kuchlarining Janubiy qoʻmondonligi tomonidan boshqariladi, uning operativ masʼuliyati markaziy va janubiy Amerika hamda Karib hududlarini qamrab oladi. Shuningdek, maxsus tashkil etilgan qoʻshma boʻlinma ham operatsiyada ishtirok etadi.
Xegsetning soʻzlariga koʻra, ushbu missiya vatanni himoya qilish, narkoterroristlarni yoʻq qilish va mamlakatni odamlarni oʻldiruvchi narkotiklardan muhofaza qilishga qaratilgan.
Avvalroq xorijiy ommaviy axborot vositalari Xegset va AQSH Qurolli Kuchlari Shtab raislari qoʻmitasi raisi Den Keyning Oq uydagi yigʻilishida AQSH prezidenti Donald Trampga Venesuelaga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan kuch qoʻllanish choralari haqida maʼlumot taqdim qilganini xabar qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring