Isroil Gʻazodan soʻnggi asirning jasadini qaytarib oldi

10:39 27 Yanvar 2026 Dunyo
477 0

Isroil harbiylari Gʻazo sektoridan asirlar roʻyxatida qolgan soʻnggi isroillikning jasadini qaytarib oldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Shaxsni aniqlash jarayonlari yakunlariga koʻra, jasad katta serjant Ran Gviliga tegishli ekani tasdiqlandi. U 2023-yil 7-oktyabr kuni ertalab HAMAS jangchilari Isroilga bostirib kirgan paytda boʻlgan janglarda halok boʻlgan. Shundan soʻng uning jasadi Gʻazo sektoriga olib chiqib ketilgan va shu vaqtga qadar u yerda saqlab kelingan.

“Shu tariqa, Gʻazo sektoridan Isroil davlatiga barcha asirlar qaytarildi”, — deya maʼlum qildi Isroil mudofaa kuchlari.

Ran Gvili anklav hududida qolgan soʻnggi isroillikning jasadi hisoblanar edi. HAMAS 2025-yilda Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvning birinchi bosqichi doirasida uning jasadini topshirishi kerak edi, ammo bu hozirga qadar amalga oshmagan.

Isroil hukumatlari Gʻazodagi keyingi tartibga solish ishlari Gvilining jasadi vataniga qaytarilmaguncha mumkin emasligini bir necha bor taʼkidlab kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?