AQSHda kuchli qishki boʻron oqibatida kamida 30 nafar inson halok boʻldi

10:53 27 Yanvar 2026 Dunyo
408 0

AQSHda kuchli qishki boʻron oqibatlari sabab kamida 30 nafar inson halok boʻlgan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Qurbonlar orasida Massachusets va Ogayo shtatlarida qor tozalash texnikasi ostida qolib ketgan odamlar, Arkanzas va Texas shtatlarida changʻida uchib ketish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarda halok boʻlgan oʻsmirlar, shuningdek, Kanzas shtatda qor ostida topilgan bir ayol bor. Nyu-York shahrida esa sakkiz nafar fuqaroning jasadi aniqlangan.

APʼning yozishicha, elektr uzatish liniyalarining uzilishi sabab 560 mingdan ortiq isteʼmolchi elektr energiyasiz qolgan. Shuningdek, 12 mingdan ortiq aviareys kechiktirilgan yoki bekor qilingani xabar qilinmoqda.

Avvalroq, ushbu boʻron AQSH aholisining taxminan 200 million nafarini qamrab olgani maʼlum qilingan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?