Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar nazarda tutilgan qonun loyihasini qoʻllab-quvvatladi
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etishni koʻzda tutuvchi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatladi va unga Eron ham kiritilishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
“Rossiya bilan biznes qilayotgan har qanday davlat juda qatʼiy sanksiyalarga duchor boʻladi. Ular bu roʻyxatga Eronni ham qoʻshishlari mumkin”, — deya Trampning soʻzlarini agentlik keltiradi.
Gap senatorlar Lindsi Grem va Richard Blumental aprel oyida taklif qilgan qonun loyihasi haqida ketmoqda. Unga koʻra, Rossiya uzoq muddatli tinchlik bitimiga rozi boʻlmasa, Rossiya nefti, gazi, urani va boshqa mahsulotlarini sotib oluvchi davlatlardan importga 500 foizlik boj toʻlovi joriy etilishi belgilangan.
Senatorlar ushbu choralarni 2025-yil iyun oyi oʻrtalarida boʻlib oʻtgan G7 sammitigacha qabul qilishni rejalashtirgan edi. Biroq Trampning Ukrainadagi urushni hal qilish haqidagi bayonotlaridan soʻng qonun loyihasi boʻyicha ish vaqtincha toʻxtatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring