Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun Namangan shahrida kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha “Kambagʻallikdan farovonlik sari” III xalqaro forumi oʻz ishini boshlaydi. Uning ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi va nutq soʻzlaydi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning maʼlum qilishicha, forum doirasida davlatimiz rahbari Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad al-Jassir, Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Inmin Yang, Jahon banki global direktori Luis Felipe Lopes-Kalva bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.
Eslatib oʻtamiz, kecha, 16-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.
Davlat rahbari ikki kunlik safar dasturi doirasida sanoat, qishloq xoʻjaligi, energetika va ijtimoiy sohada ishga tushirilgan yangi obyektlar bilan tanishdi hamda viloyatni kompleks rivojlantirish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring