Ugandada avtobuslar ishtirokidagi YTHda 60 dan ortiq kishi halok boʻldi
Ugandaning markaziy qismida yuz bergan yoʻl-transport hodisasi natijasida kamida 63 kishi halok boʻldi, yana bir necha kishi jarohat oldi. Bu haqda TASS mahalliy politsiya maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.
Politsiya xabariga koʻra, hodisa 22-oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:15 da Kitaleba aholi punkti yaqinida sodir boʻlgan.
Avtobuslardan biri haydovchisi yuk mashinasini quvib oʻtishga uringan paytda, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan boshqa avtobus ham xuddi shunday manyovrni bajarayotgan edi. Natijada ikki avtobus yuzma-yuz toʻqnashib ketgan.
Ulardan biri avariyani oldini olishga uringan, biroq uning harakati zanjirli avariyaga sabab boʻlgan. Oqibatda boshqa avtomobillar ham boshqaruvni yoʻqotib, bir necha marta agʻdarilib ketgan, deyiladi xabarda.
Hodisa joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari jarohatlanganlarni shifoxonaga yetkazgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring