Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Foto: Getty Images
Suriyada qochqin qizning toʻy marosimi, Italiyada yer siljishi tufayli yuzaga kelgan xavf va “Taypey 101” binosini himoya vositalarisiz zabt etgan skalolaz — yakunlanayotgan haftada dunyo boʻylab turli voqealarning shiddati, insonlarning jasorat va muammolarga qarshi turishi fotosuratlarda jamlandi.
Quyida dunyodagi eng mashhur fotojurnalistlar tomonidan suratga olingan eng diqqatga sazovor lahzalarni koʻrishingiz mumkin:
Minneapolis, Minnesota, AQSH
Minneapolisda oʻtkazilayotgan ochiq muloqotda AQSH vakili Ilhan Omarning yuziga nomaʼlum modda sepib yuborgandan erkak zararsizlantirilmoqda.
Minneapolis, Minnesota, AQSH
Immigratsiya xizmati agenti tomonidan 37 yoshli AQSH fuqarosi Aleks Jeffri Pretti otib oʻldirilishi ortidan shahar aholisi norozilik namoyishiga chiqdi. Suratda federal agent namoyishchilarga qarata koʻzdan yosh oqizuvchi gaz toʻpchasini uloqtirmoqda.
Gʻarbiy Qoʻrb, Falastin
Ramalla yaqinidagi Kafr Akob qishlogʻidagi harbiy reyd paytida falastinlik oila Isroil xavfsizlik kuchlari tomon odimlamoqda.
Gʻazo, Falastin
Falastinlik bolalar markaziy Gʻazodagi Nuseyrat qochqinlar lagerida vayron boʻlgan binolar yaqinidagi maydondan gul termoqda.
Kiyev, Ukraina
Ukraina favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari Kiyevdagi havo hujumidan keyin yuz bergan yongʻinni oʻchirish uchun harakat qilmoqda.
Lima, Peru
Peruda prezident Joze Jerining isteʼfosini talab qilayotgan Z avlod namoyishchilaridan biri politsiyachilarning keskin qarshiligiga duch kelmoqda.
Qamishli, Suriya
Qamishlidagi maktab sinfxonasida Shimoliy Suriyadagi al-Tabqa shaharidan qochib chiqqan kelinning toʻy marosimi boʻlib oʻtmoqda. Ushbu maktab jangovar harakatlardan keyin boshpana sifatida foydalanilmoqda.
Nischemi, Italiya
Sitsiliya orolidagi Nischemi qishlogʻida yer siljishi (yorilib qulashi) yuz berdi. Chuqurlik kengayib borayotgani qishloqning tarixiy markazini xavf ostiga qoʻymoqda.
Jurm, Afgʻoniston
Afgʻonistonliklar togʻ choʻqqisidan turib, buzkashi musobaqasini kuzatmoqda (Buzkashi — ushbu mamlakatdagi anʼanaviy sportlardan biri hisoblanadi).
Taypey, Tayvan
Amerikalik skalolaz Aleks Xonnold Osiyoning eng baland binolaridan biri sanalgan “Taypey 101” koʻp qavatli binosini hech qanday himoya vositalarisiz zabt etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring