ChatGPT ishlab chiquvchi kompaniya sunʼiy intellektli brauzer taqdim etdi
OpenAI kompaniyasi sunʼiy intellekt asosida yaratilgan yangi ChatGPT Atlas brauzerini taqdim etdi.
Ushbu brauzer yordamida foydalanuvchilar ChatGPT orqali turli vazifalarni bajarishlari mumkin. Chat-botni istalgan internet-sahifada yon panel (sidebar) orqali chaqirib, sahifa mazmunini qisqacha bayon qilish, mahsulotlarni solishtirish yoki maʼlumotlarni tahlil qilish mumkin.
ChatGPT Atlas brauzeri hozircha macOS tizimida yuklab olish uchun mavjud. Windows, iOS va Android versiyalari esa yaqin orada taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Shuni ham taʼkidlash joizki, bugungi kunda bir necha brauzerlarda sunʼiy intellekt tizimlari allaqachon joriy etilgan. Masalan, Google oʻzining Chrome brauzeriga Gemini chat-botini, Perplexity esa Comet AI brauzerini ishlab chiqqan, Microsoft esa Edge brauzeriga Copilot rejimini integratsiya qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring