Shavkat Mirziyoyev Hindiston moliya va korporativ ishlar vazirini qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev OIIB Boshqaruvchilar kengashining toʻqqizinchi yigʻilishi doirasida Hindiston Respublikasi moliya va korporativ ishlar vaziri Nirmala Sitxaraman boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Nirmala Sitxaraman davlatimiz rahbariga Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston-Hindiston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Joriy yil noyabr oyida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishini puxta tayyorgarlik koʻrgan holda oʻtkazish hamda uning doirasida Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish muhimligi qayd etildi.
Energetika, neft-kimyo, raqamlashtirish, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika sohalarida loyihalarni amalga oshirish, transport yoʻlaklarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring